locale OZ

Maykl Olise Fransiya terma jamoasida XXI asr rekordini o‘rnatdi

24 yoshli futbolchi 2026-yil davomida “uch ranglilar” safida 9 ta golli uzatma berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maykl Olise Fransiya terma jamoasida XXI asr rekordini o‘rnatdi
Foto: Getty Images

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Maykl Olise milliy jamoa safida XXI asr uchun yangi natija qayd etdi. 24 yoshli futbolchi 2026-yil davomida “uch ranglilar” safida 9 ta golli uzatma berdi. Bu haqda Stats Foot ma’lum qildi.

Olise Millatlar ligasining 1-turida Turkiyaga qarshi uchrashuvda navbatdagi assistini amalga oshirdi. Uning uzatmasidan so‘ng Kilian Mbappe 54-daqiqada uchrashuvdagi yagona golni urdi va Fransiya safarda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa Olise Fransiya terma jamoasi safida bir kalendar yilida 9 ta golli uzatma qayd etgan 1958-yildan buyon ilk futbolchi bo‘ldi. Bungacha bunday natijaga afsonaviy Raymon Kopa erishgan edi.

Ma’lumot uchun, Olise JCh-2026da ham tarixiy natija qayd etgan — u turnir davomida 7 ta assist amalga oshirib, bir mundialdagi golli uzatmalar bo‘yicha Pele nomiga tegishli rekordni yangilagan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting