locale OZ

Maykl Olise — Bundesligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi

24 yoshli futbolchi joriy mavsum aqlbovar qilmas koʻrsatkich qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maykl Olise — Bundesligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi vingeri Maykl Olise Germaniya Bundesligasining yakunlangan 2025/2026 yilgi mavsumida eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bu haqda «Bavariya» klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

24 yoshli futbolchi joriy mavsumda aqlbovar qilmas koʻrsatkich qayd etdi. U chempionat doirasida 32 ta oʻyinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Olise bu natijasi bilan turnirning eng yaxshi assistentiga ham aylandi.

Maykl Olise 2024 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. Oʻtgan vaqt ichida u myunxenliklar tarkibida ikki marta Germaniya chempionligi va mamlakat Superkubogini qoʻlga kiritishga ulgurdi.

Eslatib oʻtamiz, yakunlangan mavsumda «Bavariya» 34 ta oʻyinda 89 ochko jamgʻargan holda navbatdagi chempionlikni rasmiylashtirdi. Turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni Dortmundning «Borussiya»si (73 ochko) egallagan boʻlsa, kuchli uchlikni «RB Leypsig» (65 ochko) yakunlab berdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting