locale OZ

Maykl Kerrikning «MYU»da qolish ehtimoli yuqori — Romano

Mutaxassis mankunianliklar bilan juda yaxshi munosabat oʻrnatishga muvaffaq boʻlgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maykl Kerrikning «MYU»da qolish ehtimoli yuqori — Romano
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik katta ehtimol bilan ushbu lavozimga doimiy asosda tasdiqlanadi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, mutaxassis mankunianliklar rahbariyati va futbolchilari bilan juda yaxshi munosabat o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan. Klub xo‘jayinlari yangi murabbiy borasida qaror qabul qilishga shoshilmoqchi emaslar va hozircha pauza olish niyatidalar.

Ayni damda «Manchester Yunayted» 55 ochko bilan Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Kerrik jamoada joriy yilning yanvar oyidan buyon ishlab kelmoqda. U ushbu lavozimda Ruben Amorimning o‘rnini egallagan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting