locale OZ

Maykl Kerrik: «Umid qilamanki, Maynu uzoq vaqt jamoada qoladi»

Avvalroq «MYU» 21 yoshli futbolchi bilan 2031 yilga qadar moʻljallangan shartnoma imzolagandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maykl Kerrik: «Umid qilamanki, Maynu uzoq vaqt jamoada qoladi»
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoa yarimhimoyachisi Kobbi Maynu bilan shartnoma uzaytirilganiga munosabat bildirdi. Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, murabbiy futbolchining uzoq vaqt jamoada qolishiga va sovrinlar yutadigan muvaffaqiyatli tarkibning bir qismiga aylanishiga umid qilmoqda.

Kerrikning ta’kidlashicha, «Manchester Yunayted»ning maqsadi eng nufuzli sovrinlar uchun kurashishdir va bu yo‘lda Maynu o‘z ustida ishlashda davom etishi hamda rivojlanishi lozim.

«Manchester Yunayted» 30 aprel, payshanba kuni Kobbi Maynu bilan 2031 yilga qadar mo‘ljallangan besh yillik shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi. Ushbu uzoq muddatli kelishuv klubning yosh iqtidor egasiga bo‘lgan katta ishonchidan dalolat beradi.

Joriy mavsumda Maynu barcha turnirlar doirasida klub safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga uchta samarali uzatmani yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchining ayni paytdagi bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting