locale OZ

Maykl Kerrik «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda

Shuningdek, Andoni Iraola nomzodi ham koʻrib chiqilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Maykl Kerrik kelasi mavsumda ham ushbu lavozimda qolish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, «qizil iblislar» rahbariyati Kerrikdan tashqari, mavsum yakunida «Bornmut»ni tark etadigan ispaniyalik mutaxassis Andoni Iraola nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda. Biroq klub mutasaddilari Kerrikning joriy mavsumdagi faoliyati va ko‘rsatayotgan natijalaridan yuqori darajada taassurot qolgan.

Maykl Kerrik 2026 yilning yanvar oyida «Manchester Yunayted» boshqaruviga kelgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa 16 ta o‘yin o‘tkazib, shularning 11 tasida g‘alaba qozondi va 3 bor durang qayd etdi.

Ayni damda klub Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 34 o‘yindan so‘ng 61 ochko jamg‘argan holda uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting