locale OZ

Maykl Kerrik: «Gap raqibning bir kishi kam boʻlib qolganida deb oʻylamayman»

«MYU» bosh murabbiyi «Nyukasl»dan uchralgan magʻlubiyatga izoh berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maykl Kerrik: «Gap raqibning bir kishi kam boʻlib qolganida deb oʻylamayman»
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Maykl Kerrik APL 29-turida «Nyukasl»dan qabul qilingan mag‘lubiyatga (1:2) izoh berdi. Ta’kidlash joizki, «qizil iblislar» 45-daqiqadan boshlab maydonda bir kishi ko‘p bo‘lib harakat qilishgan edi.

«Gap raqibning bir kishi kam bo‘lib qolganida deb o‘ylamayman. Muammo o‘yin sifatidaligida. Hech qanday bahona yo‘q: barchamiz mas’uliyatni o‘z bo‘ynimizga olamiz va vaziyatni tushunib turibmiz», — deya Kerrikning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Ushbu muvaffaqiyatsizlik Maykl Kerrik boshqaruvidagi «Manchester Yunayted» uchun joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. Bungacha jamoa uning qo‘l ostida oltita g‘alaba va bir durang qayd etgan edi. Ayni damda klub 51 ochko bilan APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting