Mayk Tayson eng sevimli bokschisi kim ekanini aytdi
Afsonaviy og‘ir vazn bokschisi Mayk Tayson faoliyati davomida eng ko‘p ilhom olgan bokschi kim ekanini ma’lum qildi. Ko‘pchilik kutganidek bu Muhammad Ali emas, balki amerikalik boks afsonasi Sugar Rey Robinson bo‘ldi.
Taysonning aytishicha, Muhammad Alini doimo hurmat qilgan va uning boks tarixidagi o‘rni beqiyos. Biroq u shaxsiy sevimli bokschisi sifatida aynan Sugar Rey Robinsonni ko‘rsatgan.
"Men Alini hurmat qilaman, hatto unga qoyil qolaman. Ammo mening eng sevimli bokschim — Sugar Rey Robinson", — degan Tayson.
Ko‘plab mutaxassislar ham Sugar Rey Robinsonni tarixdagi eng buyuk bokschilardan biri, hatto barcha vazn toifalaridagi eng kuchli jangchi sifatida e'tirof etadi. Uning tezligi, texnikasi va ringdagi uslubi keyingi avlod bokschilari, jumladan, Mayk Tayson uchun ham katta ilhom manbai bo‘lgan.