locale OZ

Mayamidagi ikki o‘yin kutilmagan natija bilan yakunlandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mayamidagi ikki o‘yin kutilmagan natija bilan yakunlandi
Rasm: tennis.bg Grigor Dimitrov

26-martdan 27-martga o‘tar kechasi ATP Masters 1000 musobaqasi doirasida erkaklar o‘rtasida ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Turnirning 1/16 final bosqichidagi birinchi o‘yinda jahon reytingida 2-o‘rinni egallagan germaniyalik Aleksandr Zverev va 18-pog‘onada turgan fransiyalik Artur Fils kortga tushishdi. Uchrashuv ikki soat davom etdi va 3:6, 6:3, 6:4 hisobida fransuz tennischisining g‘alabasi bilan yakunlandi. Endi Artur Fils 27-mart kuni soat 22:00da Yakub Mensik bilan 1/8 final o‘yinida bellashadi.

1/8 finalda jahon reytingida 24-o‘rinni egallab turgan argentinalik Fransisko Serundolo va jahonning 15-raqamli tennischisi bolgariyalik Grigor Dimitrov o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘yin uchta setda ikkita breyk bilan yakunlanib, bolgariyalik g‘alaba qozondi. Uchrashuv ikki soat-u qirq sakkiz daqiqa davom etdi.

Yakuniy hisob: 7:6 (6) 4:6 7:6 (3).
Endi Grigor Dimitrov Toshkent vaqti bilan 27-kundan 28-kunga o‘tar kechasi soat 1:10 da bo‘lib o‘tadigan Sebastyan Korda va Novak Jokovich o‘rtasidagi o‘yin g‘olibi bilan uchrashadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting