locale OZ

Maxsudjon Zokirov: Garchi yutqazgan bo'lsak-da, bu maqsaddan qaytmaymiz va harakat qilishda davom etamiz

Olimpik Mobiuz bosh murabbiyi FarDU bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maxsudjon Zokirov: Garchi yutqazgan bo'lsak-da, bu maqsaddan qaytmaymiz va harakat qilishda davom etamiz
Photo: Olimpik MOBI UZ

Proliga 16-turidan o'rin olgan "FarDU" - "Olimpik Mobiuz" (3:2) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yindan so'ng mehmonlar yordamchi murabbiyi Maxsudjon Zokirov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Avvalambor "FarDU" jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Biz ham g'alaba uchun maydonga tushgandik, ammo omad yuz o'girdi. O'z xatoimiz tufayli gollar o'tkazib yubordik.

- Rustambek Fomin bugun ancha orqaroqda o'ynadi?

- Rustambek bizda tayanch yarim himoyachisi sifatida harakat qiladi. Unga bugun himoyaga ko'proq yordam berish vazifasi topshirilgandi. U qo'ldan kelgancha vazifani bajarishga harakat qildi, lekin tarkibimizdagi hamma ham o'z ishini yaxshi bajargani yo'q. Xatolar juda ko'p bo'ldi. Endi bu xatolarni to'g'rilash ustida ish olib boramiz.

- Yil boshida jamoa oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgandi?

- Har bir o'yinda yutuq uchun maydonga chiqamiz. Garchi yutqazgan bo'lsak-da, bu maqsaddan qaytmaymiz va harakat qilishda davom etamiz. Hali hammasi tugagani yo'q.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting