locale OZ

Maxachev nega Oq uyda jang qilmaydi? Dana Uayt javob berdi

34 yoshli rossiyalik jangchi ikki vazn toifasida amaldagi UFC chempioni hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maxachev nega Oq uyda jang qilmaydi? Dana Uayt javob berdi
FOTO: Getty Images

UFC prezidenti Deyna Uayt promoushenning navbatdagi turnirlaridan birida ishtirok etishi kutilgan ikki karra chempion Islom Maxachev nima uchun tarkibda yo‘qligiga izoh berdi. Uaytning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik jangchi jiddiy jarohat olgan.

MMA Fighting nashriga bergan intervyusida Dana Uayt shunday dedi:

«Uning qo‘lida muammolar bor. Men buni bilaman. Jarohat qanchalik jiddiy ekanligi va u qancha muddatga safdan chiqqanini hozircha aniq ayta olmayman, biroq u ayni damda jarohatlangan».

Ma’lumot o‘rnida, 34 yoshli Islom Maxachev 2025 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan UFC 322 turnirida avstraliyalik Jek Della Maddalenani mag‘lub etib, yarimo‘rta vazn (77 kg) chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi. Hozircha jangchining qachon oktagonga qaytishi borasida aniq muddatlar belgilanmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting