locale OZ

Maxachev Dembele va Kvaratsxeliya bilan uchrashdi

Rossiyalik jangchi «PSJ» va «Liverpul» oʻrtasidagi bahsga tashrif buyurdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maxachev Dembele va Kvaratsxeliya bilan uchrashdi
FOTO: Getty Images

UFCning yarimo‘rta vazn toifasidagi (77 kg gacha) 34 yoshli amaldagi chempioni, rossiyalik Islom Maxachev «PSJ» klubi futbolchilari — fransiyalik vinger Usmon Dembele va gruziyalik qanot hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya bilan uchrashdi.

Hozirda Maxachev UFCda 16 ta g‘alabadan iborat seriya qayd etmoqda. Islomning hisobida jami 28 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bor.

Rossiyalik sportchi Nyu-Yorkdagi UFC 322 turnirida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi maydonga tushgan edi. Yarimo‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamari tikilgan mazkur bahs Maxachevning hakamlar yakdil qarori bilan qozonilgan g‘alabasi bilan yakunlangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting