locale OZ

Mavsum - 2025 yakunlari: Tomoshabinlar tashrifi

Bitta o‘yinda eng ko‘p muxlis to‘plash bo‘yicha rekord ham “Navbahor”ga tegishli.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mavsum - 2025 yakunlari: Tomoshabinlar tashrifi
Фото: Навбаҳор ПФК

“Navbahor”ning yakunlangan mavsumda qayd etgan statistik natijalari bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Navbahor”ning yakunlangan mavsumdagi o‘yinlarini jami 248 470 nafar muxlis bevosita stadionlarda tomosha qildi. Bu esa “lochinlar” ishtirokidagi har bir bellashuvga o‘rtacha 8 282 nafar tomoshabin to‘g‘ri keladi, degani.

“Navbahor”ning o‘z maydonidagi 15 ta uchrashuviga jami 144 435 nafar, safardagi 15 ta o‘yiniga esa jami 104 035 nafar ishqiboz tashrif buyurdi.

Bitta o‘yinda eng ko‘p muxlis to‘plash bo‘yicha rekord ham “Navbahor”ga tegishli. Superliganing 5-turidan o‘rin olgan, joriy yilning 11 aprel kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tgan “Navbahor” – “Sho‘rtan” (2:0) jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga 25 250 nafar (!) tomoshabin tashrif buyurdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting