locale OZ

Mavsum – 2025 yakunlari: «Navbahor»ning o‘z maydoni va safarda qayd etgan natijalari qanday?

“Navbahor” mavsum – 2025 da jami 40 ochko to‘plab, 7-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mavsum – 2025 yakunlari: «Navbahor»ning o‘z maydoni va safarda qayd etgan natijalari
Фото: Навбаҳор ПФК

“Navbahor”ning yakunlangan mavsumda qayd etgan statistik natijalari bilan tanishtirishda davom etamiz.

Jamoa ortda qolgan mavsumda 30 ta o‘yin o‘tkazib, ushbu uchrashuvlarda 10 ta g‘alaba, 10 ta durang va 10 ta mag‘lubiyatni qayd etgan holda, raqiblar darvozasiga 41 ta gol urgan, o‘z darvozasidan esa 37 ta to‘p o‘tkazib yubordi.

“Navbahor” mavsum – 2025 da jami 40 ochko to‘plab, 7-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xo‘sh, vakillarimiz Namangan va safardagi uchrashuvlarda qanday natijalarni qayd etishdi?

Jamoa yakunlangan mavsumda o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan 15 ta bellashuvdan 7 tasida g‘alaba qozonib, 6 ta o‘yinda durangga erishib, 2 ta bahsda imkoniyatni boy berdi (mazkur mag‘lubiyatlar mamlakat chempioni bo‘lgan “Neftchi” hamda yakunlangan mavsumda 5-o‘rinni egallagan “Bunyodkor” jamoalariga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlarda qayd etilganini ham aytib o‘tish joiz). Namangandagi o‘yinlarda jamoamiz raqiblar darvozasiga 23 ta gol urib, o‘z darvozasidan 7 ta to‘p olib chiqdi va 27 ochko to‘pladi.

“Lochinlar” safardagi 15 ta uchrashuvning 3 tasida zafar quchib, 4 ta durang hamda 8 ta mag‘lubiyatni qayd etgan holda, raqiblar darvozasiga 18 ta gol urib, o‘z darvozasidan 30 ta to‘p olib chiqishdi va 13 ochko jamg‘arishdi.

Yuqoridagi ma'lumotdan ko‘rinib turibdiki, jamoa safardagiga nisbatan, Namangandagi o‘yinlarda yaxshiroq natija qayd etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting