locale OZ

Mavsum-2025 yakunlari: «Navbahor»ning gollariga kimlar mualliflik va assistentlik qilishdi?

Jamoa Superliga – 2025 da raqiblar darvozasiga 41 ta gol urishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mavsum-2025 yakunlari: «Navbahor»ning gollariga kimlar mualliflik va assistentlik qilishdi?
Фото: Навбаҳор ПФК

“Navbahor”ning yakunlangan mavsumga oid statistik ma’lumotlari bilan tanishtirishda davom etamiz.

Xo‘sh, “Navbahor”ning yakunlangan mavsumdagi gollariga kimlar mualliflik hamda assistentlik qilishdi?

Jamoa Superliga – 2025 da raqiblar darvozasiga 41 ta gol urishdi. Mazkur gollarga 11 nafar futbolchi mualliflik, 11 nafari esa hammualliflik qilishdi.

Shuningdek, 7 nafar jamoamiz a’zolari ham darvozalarga to‘p kiritib, ham gollarga assistentlik qilishganini ham aytish lozim.

Gollardan 5 tasi penaltidan, ayrimlari esa jarima zarbalari, shuningdek, raqib futbolchilari yoki darvozabonlari, ba’zi holatlarda esa darvoza ustuni yoki to‘sinidan qaytgan to‘plardan so‘ng, urilganini ham ta’kidlash joiz.

Mavsum-2025 da “Navbahor”ning gollariga mualliflik va assistentlik qilgan futbolchilarning to‘liq ro‘yxati esa quyidagicha ko‘rinishga ega:

1.Abbosjon G‘ulomov – 10 ta gol, 3 ta assist

2.Ruslanbek Jiyanov – 8 ta gol, 4 ta assist

3.Zabihillo O‘rinboyev – 7 ta gol, 3 ta assist

4.Alisher Odilov – 2 ta gol, 8 ta assist

5.Pedro Augusto – 6 ta gol, 1 ta assist

6.Shohmalik Komilov – 1 ta gol, 4 ta assist

7.Saidazamat Mirsaidov – 1 ta gol, 2 ta assist

8.Igor Gabriel, Gilyerme Gedesh - 2 tadan gol;

9.Azimjon Ahmedov, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov – 1 tadan gol;

10.Mirzohid G‘ofurov, Sergey Karpovich, Muhammadbobur Mo‘ydinov, Muhammadali G‘iyosov – 1 tadan assist.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting