locale OZ

Mauro Ikardi Saudiyaliklarning 120 million yevrolik taklifini rad etgani maʼlum boʻldi

Argentinalik hujumchi hozirda «Galatasaroy» safida toʻp surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mauro Ikardi Saudiyaliklarning 120 million yevrolik taklifini rad etgani maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

«Galatasaroy» hujumchisi Mauro Ikardi 2023 yilning yozida Saudiya Arabistonidan kelgan juda katta moliyaviy taklifni rad etgan. Fichajes nashrining xabariga ko‘ra, futbolchining agenti Jorj Gardi aytishicha, argentinalik forvardga uch yilga mo‘ljallangan, 120 million yevrodan oshadigan shartnoma taklif qilingan.

«U 2023 yil yozida Saudiya Arabistonidan kelgan 120 million yevrodan yuqori bo‘lgan taklifni rad etdi, chunki u muxlislarning mehrini his qildi va klubda qolishga qaror qildi», — deydi futbolchining agenti.

Ikardining «PSJ»dan «Galatasaroy»ga to‘liq transferi aynan 2023 yilda rasmiylashgan va shundan so‘ng unga Yaqin Sharq ligasidan yirik moliyaviy taklif kelib tushgan.

Joriy mavsumda 32 yoshli hujumchi ba’zan zaxiradan maydonga tushayotgan bo‘lsa-da, Turkiya chempionatida o‘tkazgan 11 uchrashuvda 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Argentinalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting