Mauro Ikardi faoliyatini «Milan»da davom ettirishi mumkin — manba
«Rossonerilar» hujum chizigʻini kuchaytirishni maqsad qilgan.
FOTO: Getty Images
«Galatasaroy» markaziy hujumchisi Mauro Ikardi faoliyatini «Milan»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
32 yoshli hujumchi «rossoneri»ga hujum chizig‘ini kuchaytirish va Santyago Ximenesga muqobil variant izlanayotgan bir paytda taklif qilingan.
Ikardining o‘zi ham Istanbul klubini tark etish ehtimolini inkor etmayapti, sababi so‘nggi paytlarda u asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan.
Argentinalik futbolchi 2023 yil iyul oyidan buyon «Galatasaroy» safida to‘p surib kelmoqda. U o‘shanda «PSJ»dan 10 mln yevro evaziga transfer qilingan edi. Joriy mavsumda Ikardi klub miqyosida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol muallifiga aylangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist