locale OZ

Mauritsio Sarri «Latsio»ni tark etishi mumkin — Skira

«Latsio» Italiya chempionati 2025/2026 mavsumi turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mauritsio Sarri «Latsio»ni tark etishi mumkin — Skira
ФОТО: Getty images

Italiyaning «Latsio» jamoasi bosh murabbiy Mauritsio Sarri bilan shartnomani bekor qilishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoq X orqali xabar berdi.

«Mauritsio Sarrining kelasi mavsumda «Latsio» murabbiyi sifatidagi kelajagi so‘roq ostida. Murabbiy va klub rahbariyati o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan va yozda tomonlar, amal qilayotgan shartnoma (2028 yilgacha, yiliga 2,5 mln yevro maosh va bonuslar) bo‘lishiga qaramay, hamkorlik to‘xtatilishi mumkin», — deb yozdi Skira.

«Latsio» Italiya chempionati 2025/2026 mavsumi turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 28 uchrashuvda 37 ochko to‘plagan. Birinchi o‘rinda «Inter» (67) joylashgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting