locale OZ

Maurisio Pochettino «Tottenhem» yoki «Real»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Mutaxassis 2024 yilning sentyabr oyida AQSH terma jamoasi boshqaruviga kelgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maurisio Pochettino «Tottenhem» yoki «Real»ga o‘tishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
FOTO: Getty Images

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘zining «Tottenhem» yoki Madridning «Real» klubiga o‘tishi borasidagi mish-mishlarga javob qaytardi.

«Hech qanday muzokaralar olib borilayotgani yo‘q. Biz hozir bor e’tiborimizni bo‘lajak Jahon chempionatiga qaratganmiz. Mening milliy terma jamoa oldida majburiyatlarim borligini hamma biladi. Hozir kelajak haqida gapiradigan vaqt emas.

Hech kim menga murojaat qilmadi. Lekin voqealar rivoji qanday bo‘lishini kim ham biladi deysiz. Aytgancha, biz [AQSH terma jamoasida qolishga] ochiqmiz, agar federatsiya bizning ishimizdan mamnun bo‘lsa, nima uchun qolmasligimiz kerak?» — deya Pochettinoning so‘zlarini jurnalist Ben Jeykobs.

Eslatib o‘tamiz, Pochettino 2024 yilning sentyabr oyida AQSH terma jamoasi jilovini o‘z qo‘liga olgan edi. 52 yoshli mutaxassisning shartnomasi AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan JCH-2026 yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting