locale OZ

Maurisio Pochettino oʻyin paytidagi «cooling break»larga qarshi chiqdi

AQSh bosh murabbiyi bu holat unga yoqmasligini aytdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maurisio Pochettino oʻyin paytidagi «cooling break»larga qarshi chiqdi
FOTO: Getty Images

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino uchrashuvlar vaqtida futbolchilarga suv ichish uchun beriladigan qoʻshimcha tanaffuslar unga yoqmasligini maʼlum qildi.

«Menga bu yoqmaydi. Buni faqat ekstremal ob-havo sharoitlaridagina qabul qilishim mumkin, ammo bunday holat boʻlmasa, qoʻshimcha tanaffuslarsiz ham oʻyinni davom ettirsa boʻladi», — dedi Pochettino.

Avvalroq, JCh-2026 uchrashuvlarida futbolchilar suv balansini tiklab olishlari uchun har bir oʻyinda ikkitadan qoʻshimcha tanaffusga ega boʻlishlari haqida xabar berilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, mezbon sifatida ishtirok etayotgan AQSH terma jamoasi Jahon chempionatining «D» guruhida Paragvay, Avstraliya va Turkiya jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting