locale OZ

Maurisio Pochettino: «Neymarning iqtidori Messi va Maradona darajasida, biroq futbol faqatgina iqtidorning oʻzidan iborat emas»

AQSh milliy jamoasi bosh murabbiyi braziliyalik yulduz haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maurisio Pochettino: «Neymarning iqtidori Messi va Maradona darajasida, biroq futbol faqatgina iqtidorning oʻzidan iborat emas»
FOTO: Getty Images

AQSH milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino «PSJ» klubidagi faoliyati davomida o‘zaro hamkorlik qilgan braziliyalik hujumchi Neymarning mahorat darajasi haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.

The Overlap nashrining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida keltirilishicha, mutaxassis Neymarning tug‘ma iste’dodini futbol tarixidagi eng buyuk nomlar bilan bir qatorga qo‘ygan.

«Iqtidor borasida gapiradigan bo‘lsak, Neymar shubhasiz Lionel Messi, Kilian Mbappe, Diego Maradona va Ronaldinyo bilan bir darajada turadi. Biroq shuni unutmaslik kerakki, professional futbol faqatgina iqtidorning o‘zidan iborat emas», — deya ta’kidladi Pochettino.

Braziliyalik vinger professional faoliyati davomida «Santos», «Barselona», «PSJ» va «Al Hilol» kabi nufuzli jamoalar sharafini himoya qilib, jami 630 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan. Mazkur uchrashuvlarda u o‘z hisobiga 375 ta gol yozdirib qo‘yish bilan birga, 232 ta samarali uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.

Neymarning sovrinlar kolleksiyasi ham uning jahon futbolidagi yuksak maqomidan dalolat beradi. U faoliyati davomida besh bor Fransiya Liga 1 chempionligini qo‘lga kiritgan, ikki marotaba Ispaniya La Ligasi g‘olibiga aylangan hamda Saudiya Arabistoni Pro-Ligasida zafar quchgan. Shuningdek, hujumchi xalqaro maydondagi eng nufuzli turnirlar — UEFA Chempionlar Ligasi va Libertadores Kubogida ham bosh sovrin egasiga aylangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting