locale OZ

Maurisio Pochettino: Men uchun muvaffaqiyat — bu faqat g‘alaba

AQSH milliy jamoasi bosh murabbiyi o‘z maydonlarida o‘tayotgan Jahon chempionatidagi bosh ambitsiyalari va maqsadlari haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maurisio Pochettino: Men uchun muvaffaqiyat — bu faqat g‘alaba
photo: gettyimages

AQSH milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘z maydonlarida o‘tayotgan Jahon chempionatidagi bosh ambitsiyalari va maqsadlari haqida gapirdi.

AQSH terma jamoasi Mundialdagi ilk uchrashuvini Paregvayga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bahs O‘zbekiston vaqti bilan 13 iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.

«Men uchun muvaffaqiyat — bu faqat g‘alaba. Ertaga g‘alaba qozonish, undan keyin ham va yana faqat g‘alaba. Agar biz finalga chiqa olmasak va Jahon chempionatida g‘olib bo‘lmasak, qandaydir muvaffaqiyat haqida gapirish... Bilmadim, bu men uchun muvaffaqiyat hisoblanmaydi.

Biz murabbiylar shtabi bilanshartnoma imzolayotganimizda, shunchaki ushbu noyob tarixiy musobaqada ishtirok etish uchun kelmaganmiz. Biz bu yerga yuqori natija ko‘rsatish va g‘alabaga ishonish uchun kelganmiz. O‘z g‘alabamizga ishonish uchun», — deya ta’kidladi Pochettino o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika stadionlarida bo‘lib o‘tmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting