locale OZ

Maurisio Pochettino Balogunning diskvalifikatsiyasi bekor qilingani va Belgiya murabbiyining e’tiroziga munosabat bildirdi

AQSh va Belgiya oʻrtasidagi uchrashuv 7-iyul kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maurisio Pochettino Balogunning diskvalifikatsiyasi bekor qilingani va Belgiya murabbiyining e’tiroziga munosabat bildirdi
FOTO: Getty Images

AQSh milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino FIFA tomonidan hujumchi Folarin Balogunning chetlatilishi vaqtincha to‘xtatilgani haqida gapirdi. Ushbu qaror tufayli futbolchi JCh-2026 nimchorak finalidan o‘rin olgan Belgiya va AQSh terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, mutaxassis belgiya-liklar ustozi Rudi Garsiyaning ushbu vaziyatga ko‘rsatgan munosabatiga ham to‘xtalib o‘tdi. Mazkur bahs 7-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

«Mening munosabatim ham boshqalarniki bilan bir xil. Men ushbu sport turini yaxshi ko‘raman va etika hamda halollikka ishonaman. Biz bu qarorni mamnuniyat bilan qarshi olamiz.

Odamlarning 99 foizi bu adolatsiz qizil kartochka bo‘lganiga qo‘shiladi… Rudini yaxshi taniyman va hurmat qilaman. U ajoyib murabbiy va yaxshi inson. Albatta, u o‘z jamoasini himoya qilishi kerak», — deya Pochettinoning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA intizom qo‘mitasi Balogunning JCh-2026 1/16 finali doirasidagi Bosniya va Gersegovinaga qarshi kechgan uchrashuvdagi (2:0) chetlatilishi uchun belgilangan bir o‘yinlik diskvalifikatsiyasini bekor qilgan edi. Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi esa tashkilotning ushbu qarorini 1-aprel haziliga o‘xshatgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting