Matteo Rujerining “Aston Villa” bilan shartnoma muddati ma’lum bo‘ldi
24 yoshli italiyalik futbolchi “Aston Villa” bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Foto: Getty Images
Madridning “Atletiko” klubi himoyachisi Matteo Rujeri faoliyatini Angliyada davom ettirishga yaqin turibdi.
Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli italiyalik futbolchi “Aston Villa” bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. Tomonlar 2031-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Rujeriga Italiyaning bir qator klublari ham qiziqish bildirgan, biroq “Aston Villa” transfer poygasida raqiblarini ortda qoldirgan.
Avvalroq futbolchining transferi Birmingem klubiga 18 million yevro va qo‘shimcha 6 million yevro bonuslarga tushishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
O‘tgan mavsumda Rujeri barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist