Matich Maktomineyni «Napoli»ga sotib yuborgani uchun «MYU»ni tanqid qildi
Shotlandiyalik futbolchi 2024 yilning yozida neapolliklar safiga koʻchib oʻtgandi.
FOTO: Getty Images
«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Nemanya Matich klubning yarimhimoyachi Skott Maktomineyni «Napoli»ga sotish qarorini tanqid qildi.
«Menimcha, «Manchester Yunayted» Skott Maktomineyni sotib, xato qilgan. Bugungi kunda shunday futbolchining o‘rnini bosish qiyin. Konte aqlli yigit», — deya Matichning so‘zlarini keltiradi Mirror.
Eslatib oʻtamiz, Maktominey 2024 yilning yozida «Manchester Yunayted»dan «Napoli»ga 32 million yevroga transfer qilingan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
Shuningdek, Skott Shotlandiya milliy jamoasi tarkibida JCh–2026 saralashida 6 o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist