locale OZ

Matić «Lion»ni tark etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Matić «Lion»ni tark etdi
Photo: Getty Images

Serbiyalik yarim himoyachi Nemanja Matić “Lion”ni tark etib, erkin agentga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta'kidlash kerakki, Matić o‘tgan yozda 2,4 million yevro evaziga “Renn”dan “Lion”ga o‘tgandi. Shuningdek, u faoliyati davomida “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Benfika” va “Roma” kabi jamoalarda ham o‘ynagan.

Nemanja o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 2 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting