Matias Soule APLga yo‘l olishi mumkin
Futbolchining «Roma» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyunigacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
«Roma» vingeri Matias Soule faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 23 yoshli argentinalik futbolchiga «Sanderlend» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yaqin soatlarda boshlanishi kutilmoqda.
Manbaga ko‘ra, «Roma» Soule transferidan 35–40 million yevro ishlab topishni rejalashtirmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda Soule barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Futbolchining «Roma» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uning bozor qiymatini 35 million yevro deb baholagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist