Mateta «Kristal Pelas» bilan yangi shartnomani rad etdi
Transfermarkt portali unga 35 million yevro qiymat belgilagan.
ФОТО: Getty images
«Kristal Pelas» hujumchisi Jean-Philippe Mateta klub bilan shartnomani uzaytirish taklifini rad etdi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchi taklifni qabul qilmagach, klub rahbariyati muzokaralarni qayta boshlashga unchalik qiziqish bildirmayapti. Amaldagi bitim 2027 yil iyuniga qadar amal qiladi.
Eslatib o'tamiz, Fransiya milliy jamoasi hujumchisi o'tgan qish «Milan»ga o'tishga yaqin bo'lgan, biroq tizzasidagi muammo sabab transfer amalga oshmagan. Operatsiyadan so'ng u mart o'rtalarida maydonga qaytdi va aprel oyida yana gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Joriy mavsumda futbolchi 40 ta bahsda 13 gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan. Transfermarkt portali unga 35 million yevro qiymat belgilagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist