locale OZ

Mateta «Aston Villa»ga o‘tishi mumkin

Aston Villa» 29 yoshli fransuz forvardini transfer qilish urinishlarini to‘xtatmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mateta «Aston Villa»ga o‘tishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Mateta faoliyatini «Aston Villa»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda CaughtOffside xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Aston Villa» 29 yoshli fransuz forvardini transfer qilish urinishlarini to‘xtatmagan. Biroz avval birmingemliklar Mateta uchun 23,4 million yevro taklif qilgan, ammo «Kristal Pelas» ushbu taklifni rad etgan.

Shu bilan birga, Matetaga boshqa klublar ham qiziqish bildirmoqda. Xususan, «Manchester Yunayted», «Tottenhem», «Galatasaroy» hamda Saudiya Arabistoni klublari fransuz hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Mateta Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumida hozircha bitta uchrashuvda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting