locale OZ

Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
FOTO: Olympic.uz

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda jismoniy tarbiya va sport, shuningdek, mamlakatimizda Olimpiya harakatini targʻib qilishda koʻp yillardan buyon faollik koʻrsatayotgan soha vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni MOQ raisi birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov ochib berdi. Otabek Muhammadaliyevich barcha OAV xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularga yangi ijodiy zafarlar, sihat-salomatlik va omad tiladi.

Tadbir doirasida soha fidoyilariga Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi nomidan esdalik sovgʻalari topshirildi. Jurnalistlar va ijodkorlar koʻrsatilgan eʼtibor va eʼtirofdan katta mamnuniyat bildirishdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting