locale OZ

«Masxarabozlar!»: Mbappe «Valensiya»ga qarshi oʻyindagi hakamlikni tanqid qildi

Ushbu bahsda «Real» 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston korporativ voleybol kubogi o‘z nihoyasiga yetdi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya La Ligasining 23-turi doirasida «Valensiya»ga (2:0) qarshi kechgan bahsdagi hakamlik ishidan norozi bo‘ldi.

Mbappening g‘azabiga tanaffus arafasida yuz bergan epizod sabab bo‘ldi. «Valensiya» himoyachilari to‘pni uzoqlashtirganidan so‘ng, hakam fransiyalik forvardda ofsayd holatini qayd etdi. Mbappe nima uchun o‘yindan tashqari holat deb topilganini tushunmadi va zaxira hakamidan tushuntirish berishini so‘radi.

«Bu qanday qilib ofsayd bo‘lishi mumkin? Menga tushuntirishingiz kerak. Keling, tribuna ostidagi xonaga kiramiz va menga hammasini tushuntirib berasiz, chunki men tushunmayapman. Men siz bilan gaplashyapman, siz esa hatto menga qaramayapsiz ham», — deya Mbappening so‘zlarini keltirmoqda AS nashri.

To‘rtinchi hakam uning so‘zlariga e’tibor bermayotganini ko‘rgan Mbappe jamoadoshi Kamavingaga qarab, fransuz tilida: «Masxaraboz hakamlar», — deya xitob qildi.

Ispaniya chempionatining 23 ta turidan so‘ng «Real Madrid» 57 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Valensiya» esa 23 ochko bilan 17-pog‘onani band etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting