Mastantuonoga yana bir da’vogar paydo bo‘ldi
Madridning "Real" klubi yarimhimoyachisi Franko Mastantuonoga qiziqayotgan jamoalar soni ortishda davom etmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yosh argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun yana bir klub kurashga qo‘shildi.
Xabarlarga qaraganda, Italiyaning "Fiorentina" klubi 18 yoshli futbolchini bir mavsumga ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Florensiya jamoasi Mastantuonoga muntazam o‘yin amaliyoti berishga tayyor.
Avvalroq Angliyaning "Fulhem" klubi ham futbolchiga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq "Real Madrid" Mastantuononi sotish niyatida emas va uni faqat ijaraga qo‘yib yuborish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy kelishuv mavjud emas. Mastantuononing kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror yozgi transfer oynasi yakuniga qadar qabul qilinishi kutilmoqda.