locale OZ

Mastantuono «Fiorentina»ga o‘tishi mumkin

Bunga «Fiorentina» unga muntazam o‘yin amaliyotini kafolatlagani sabab bo‘lgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mastantuono «Fiorentina»ga o‘tishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Real» futbolchisi Franko Mastantuono «Fiorentina» jamoasiga o‘tishi mumkin. Bu haqda The Touchline nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 18 yoshli argentinalik futbolchi ijara asosida Florensiya klubiga o‘tishga bir qadam qoldi. Hozirda tomonlar bitimning so‘nggi tafsilotlarini, xususan, futbolchining maoshining qaysi qismini «Fiorentina» o‘z zimmasiga olishini muhokama qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, Mastantuononing o‘zi ham ushbu transferga rozilik bergan. Bunga «Fiorentina» unga muntazam o‘yin amaliyotini kafolatlagani sabab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Franko 2025 yil yozida Argentinaning «River Pleyt» klubidan «Real» safiga kelib qo‘shilgan edi. 14 avgust kuni u 19 yoshga to‘ladi. O‘tgan mavsum «Fiorentina» A Seriyani 15-o‘rinda yakunlagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting