locale OZ

Massimiliano Allegri «Real Madrid» bosh murabbiyi etib tayinlansa, ikki nafar shogirdini o‘zi bilan olib ketmoqchi

58 yoshli mutaxassis Madrid klubi bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod sifatida koʻrilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Massimiliano Allegri «Real Madrid» bosh murabbiyi etib tayinlansa, ikki nafar shogirdini o‘zi bilan olib ketmoqchi
FOTO: Getty Images

Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, «Milan» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Real Madrid» boshqaruvini qabul qilib olgan taqdirda, klub rahbariyatidan o‘zining hozirgi jamoasidan ikki nafar futbolchini tarkibga qo‘shib olishni so‘raydi.

Xususan, italiyalik mutaxassis «Qirollik klubi» safida to‘p surgan yarimhimoyachi Luka Modrichni ortga qaytarishni rejalashtirmoqda. Hozircha 40 yoshli xorvatiyalik futbolchining «Milan» bilan shartnomasini uzaytirish masalasi ochiq qolmoqda. Allegri tajribali yarimhimoyachini maydonda o‘z taktik g‘oyalarini yetkazib beruvchi asosiy vositachi sifatida ko‘rmoqda.

Ikkinchi nomzod esa Аdrien Rabyo hisoblanadi. Fransiyalik yarimhimoyachi avvalroq «Yuventus»da Allegri qo‘l ostida muhim rol o‘ynagan, ayni damda esa «Milan» jamoasining yetakchilaridan biriga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 58 yoshli italiyalik murabbiy mavsum yakunida «Real Madrid» bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ispaniya chempionatining 26-turidan so‘ng, Madrid klubi 60 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Barselona»dan 4 ochko ortda qolmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting