locale OZ

Massimiliano Allegri Luka Modrichning «Milan»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi

Xorvatiyalik futbolchining «rossonerilar» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Massimiliano Allegri Luka Modrichning «Milan»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi
FOTO: Getty Images

«Milan» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoaning 40 yoshli yarimhimoyachisi Luka Modrichning klubdagi faoliyatini davom ettirishi borasidagi savolga javob berdi. Tajribali xorvatiyalik futbolchining «rossoneri» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.

Allegri futbolchining jamoadagi o‘rni va kelajagi haqida shunday deydi:

«U birinchi kundan boshoq o‘zining texnik, insoniy va professional fazilatlarini namoyish etib, buni atrofidagilarga ham yuqtira oldi. Uning o‘z ishiga bo‘lgan cheksiz muhabbati va ehtiros bilan to‘p surishi jamoani energiya hamda pozitivlik bilan to‘ldirmoqda. Uning kelajagi? Bu masalada hammasi futbolchining o‘ziga bog‘liq — klub u bilan alohida gaplashib oladi. Oldinda uni jahon chempionati kutmoqda, shuning uchun hozircha unga ushbu jarayonlardan zavqlanish imkonini beraylik».

Joriy mavsumda Luka Modrich «Milan» tarkibida barcha turnirlar doirasida 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda u 2 ta gol urishga va 3 ta samarali uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting