locale OZ

Massimiliano Allegri 10 000 yevro miqdorida jarimaga tortildi

Hodisalardan biri jonli efirda namoyish etildi va Federal prokuratura tomonidan yozib olindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Massimiliano Allegri 10 000 yevro miqdorida jarimaga tortildi
photo: gettyimages

"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya Superkubogi yarim finalida "Napoli"ga qarshi o‘yinda jamoasi 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng 10 000 yevro miqdorida jarimaga tortildi.

Jarima uning ikkinchi bo‘limdagi xatti-harakatlariga ko‘ra belgilandi. Intizomiy qarorga ko‘ra, Allegri "Napoli"ning sport koordinatori Gabriyele Orialiga bir necha bor haqoratomuz so‘zlar aytdi.

Hodisalardan biri jonli efirda namoyish etildi va Federal prokuratura tomonidan yozib olindi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting