locale OZ

Maskerano: “Raqib bizdan yaxshiroq ekanini tan olishimiz kerak”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Maskerano: “Raqib bizdan yaxshiroq ekanini tan olishimiz kerak”
Photo: Getty Images

“Inter Mayami” bosh murabbiyi Xaver Maskerano KONKAKAF Chempionlar kubogi yarim finalida “Vankuver”ga uchralgan mag'lubiyatga o'z munosabatini bildirdi.

“Bu juda achinarli, chunki biz finalga chiqmoqchi edik. Ammo tan olishimiz kerakki, raqib bizdan yaxshiroq edi. “Inter Mayami” Liga Kubogini qo'lga kiritdi, lekin mintaqadagi eng muhim turnir — bu KONKAKAF Chempionlar kubogi. Ba'zida raqib jamoa sizdan kuchli ekanligini tan olishga to'g'ri keladi.

O'yinni tenglashtirish uchun bitta gol qolgan edi. Bu uzoq davom etadigan bahs bo'ladi deb o'ylagandik. Eng qiyini birinchi golni urish edi. Lekin bu futbol. Natijadan afsusdamiz.

Bor e'tiborimizni MLSga qaratishimiz kerak. Men klublar o'rtasidagi JCH haqida o'ylayotgani yo'q. Chunki hali bir yarim oy bor. Ligaga ko'proq e'tibor berishimiz va vaziyatimizni yaxshilashimiz muhim”, — dedi Maskerano ESPN nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, “Inter Mayami” birinchi o'yinda Kanadada 2:0 hisobida yutqazib qo'ydi. Floridada bo'lib o'tgan javob uchrashuvida esa yana 3:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting