locale OZ

Mashhur sobiq futbolchilar guruhi Infantino qarshi chiqdi

Ular qo‘shma murojaat e’lon qilib, boshqaruvda futbolchilar va muxlislarning fikri yetarlicha inobatga olinmayotganini ta’kidladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mashhur sobiq futbolchilar guruhi Infantino qarshi chiqdi
Foto: Getty Images

Bir guruh taniqli sobiq futbolchilar FIFA prezidenti Janni Infantinoga qarshi chiqib, tashkilot rahbariyatining faoliyatini tanqid qildi. Ular qo‘shma murojaat e’lon qilib, boshqaruvda futbolchilar va muxlislarning fikri yetarlicha inobatga olinmayotganini ta’kidladi.

Murojaatni Mikael Silvestr, Lyusi Bronza, Emmanuel Peti, Biksant Lizarazyu, Robert Pires, Didye Drogba, Devid Jeyms, Klaudio Pisarro, Xuan Sebastyan Veron va Emmanuel Adebayor kabi sobiq futbolchilar imzolagan.

Ular FIFA'ning amaldagi boshqaruvi ostida futbol o‘zining asosiy qadriyatlaridan tobora uzoqlashayotganini bildirgan. Shuningdek, muhim qarorlar futbolchilar bilan yetarlicha maslahatlashilmasdan qabul qilinayotgani va muxlislarning fikriga yetarli hurmat ko‘rsatilmayotganidan norozilik bildirgan.

Ma’lumot uchun, Janni Infantino 2016-yildan buyon FIFA prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. So‘nggi vaqtlarda uning faoliyati atrofidagi tanqidlar va FIFA qarorlariga oid bahslar tobora kuchayib bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting