Mashg‘ulotlarda qiyin bo‘lsa — musobaqada yengil kechadi!
Poytaxtimizdagi O‘FA Terma jamoalar markazida sohil futboli bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda.
Murabbiylar shtabi futbolchilar bilan har kuni ikki mahaldan mashg‘ulot olib bormoqda. Kunning birinchi yarmida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilsa, ikkinchi yarmida to‘p bilan ishlash, jamoa chiziqlari o‘rtasidagi bog‘lanmalarni mustahkamlash hamda turli o‘yin vaziyatlari uchun taktik uslublarni tayyorlash ustida ish olib borilmoqda.
Yurtimizda yozning eng issiq kunlari hukmronlik qilayotgan bir paytda mashg‘ulotlar futbolchilar uchun oson kechmayapti. Biroq sport olamida bir naql bor: “Mashg‘ulotda qiyin bo‘lsa, musobaqada yengil bo‘ladi.”
Shu ma’noda, milliy terma jamoamiz
a`zolari murabbiylar tomonidan tavsiya etilayotgan mashqlarni zo’r qiziqish, g’ayrat-shijoat bilan ado etishmoqda. Bu esa yigitlarga xalqaro musobaqalar chog’ida albatta asqatishi shubhasiz.
Sohil futbolchilarimiz tayyorgarlikni yuqori kayfiyat va katta mas’uliyat bilan davom ettirmoqda!