locale OZ

«Mash'al» uch nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Mash'al» uch nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Фото: Машъал ПФК

"Mash'al" futbol klubi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini jadallik bilan davom ettirmoqda.

Mashg'ulotlar jarayonida murabbiylar shtabi bir qator yosh va istiqbolli futbolchilarni ko'rikdan o'tkazib, eng munosib nomzodlar bilan uzoq muddatli kelishuvlarga erishdi.

Bugun klub rasmiy ravishda uch nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolanganini e'lon qiladi:
Asadbek Habibullaev — 22 yoshli himoyachi. O'tgan mavsumda 23 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol muallifi bo'lgan futbolchi bilan 2 yillik shartnoma tuzildi.

Maqsudxo'ja A'loxujaev — 21 yoshli iqtidorli himoyachi. O'tgan mavsumni "Dinamo" jamoasi safida o'tkazib, 10 ta bahsda 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U bilan 3 yillik bitim imzolandi.

Samandar Jo'rabekov — 21 yoshli darvozabon. "Olimpik" klubi tarkibida 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan posbon bilan ham 3 yillik shartnoma tuzildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting