«Mash'al» Shimoliy Makedoniya milliy terma jamoasi hujumchisini o‘z safiga qo‘shib oldi
“Mash'al” klubi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish maqsadida Vlatko Stoyanovskiy bilan rasmiy shartnoma imzoladi.
28 yoshli markaziy hujumchi xalqaro maydonda toblangan tajribali futbolchi hisoblanadi. U Euro–2020 final bosqichida Shimoliy Makedoniya milliy jamoasi safida ishtirok etib, Niderlandiyaga qarshi bahsda maydonga tushgan. Milliy jamoa tarkibida 10 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan. 2019 yilda Avstriyaga qarshi Yevropa chempionati saralash bahsida zaxiradan tushib, qisqa vaqt ichida gol muallifiga aylangan. Shuningdek, Millatlar ligasida Estoniya darvozasini ishg‘ol qilgan.
Klublardagi faoliyati davomida Stoyanovskiy Fransiyaning “Nim” klubi safida Liga 1 o‘yinlarida qatnashgan, Xorvatiyaning “Goritsa” hamda Bolgariyaning “Levski Sofiya” jamoalarida to‘p tepgan.