locale OZ

«Mash’al» rossiyalik himoyachi transferini e’lon qildi

Transfermarkt portali futbolchining narxini 100 ming yevro atrofida baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Mash’al» rossiyalik himoyachi transferini e’lon qildi
Фото: Машъал ПФК

Muborakning “Mash’al” jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini izchil davom ettirmoqda. Klub matbuot xizmati rossiyalik markaziy himoyachi Roman Xodjaev bilan shartnoma imzolanganini rasmiy tarzda ma’lum qildi.

191 sm bo‘yga ega himoyachi jismoniy jihatdan baquvvatligi hamda havodagi kurashlarda ustunligi bilan ajralib turadi. Roman Rossiya va Ukraina fuqaroligiga ega bo‘lib, faoliyati davomida “Torpedo Vladimir” hamda “Molodechno-2018” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali futbolchining narxini 100 ming yevro atrofida baholamoqda. Xodjaev “Mash’al” safiga erkin agent sifatida qo‘shildi.

Ushbu transfer orqali klub himoya chizig‘idagi barqarorlikni oshirish hamda raqobatbardosh tarkib shakllantirishni maqsad qilgan. Romanga yangi jamoada muvaffaqiyat, sog‘lik va zafarli o‘yinlar tilaymiz!», — deyiladi xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting