\"Mash'al\" \"Qizilqum\"ni G'uzorda qabul qiladi
Photo: FCMASHAL.UZ
Superliganing 9-turida Muborakning "Mash'al" klubi o'z uyida Navoiyning "Qizilqum" jamoasini qabul qiladi.
Mazkur bellashuv 11-may kuni G'uzordagi Markaziy stadionda bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, 4-may kungi "Sho'rtan" - "Dinamo" o'yini bilan 7 yillik tanaffusdan so'ng Superliga uchrashuvi G'uzorga qaytdi..
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist