locale OZ

«Mash’al» Qarshida «Buxoro»ni mag‘lubiyatga uchratib, Superligada qoladigan bo‘ldi

G‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Mash’al» Qarshida «Buxoro»ni mag‘lubiyatga uchratib, Superligada qoladigan bo‘ldi
Фото: Машъал ПФК

Superligada jon saqlab qolish uchun “Mash’al” va “Buxoro” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan pley-off uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi.

Asosiy vaqt va qo‘shimcha ikki bo‘limda ham hisob ochilmadi. Uchrashuvda jamoalar maydonda 120 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa-da, bellashuv 0:0 hisobida yakunlandi.

Shundan so‘ng g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. Seriyada “Mash’al” 3:1 hisobida buxoroliklardan ustun keldi va keyingi mavsum yana Superligada ishtirok etish huquqini o‘zida saqlab qoldi.

Superliga. Pley-off o‘yini

Mash’al - Buxoro - 0:0. Penaltilar seriyasi – 3:1

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting