«Mash'al» nigeriyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Photo: Mashal PFk
Muborakning "Mash'al" jamoasi o‘z safiga yana bir tajribali legionerni qo‘shdi.
Nigeriyalik vinger Umar Aminu klub bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.
30 yoshli futbolchi Nigeriya milliy terma jamoasining sobiq a’zosi hisoblanadi. U o‘z faoliyati davomida Turkiyaning "Samsunspor", "Osmanlispor", "Rizespor", "Bodrum", "Bandirmaspor", "Tuzlaspor", "Beykoz Anadolu" hamda Kiprning “Miracle Degirmenlik" jamoalarida to‘p surgan.
Turkiya Superligasida 159 uchrashuvda maydonga tushgan Umar Aminu o‘zining boy tajribasi va yuqori saviyadagi o‘yinlari bilan "Mash'al" jamoasi yarim himoyasiga kuch va barqarorlik olib kirishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Aminu 2016 yil Nigeriya bilan Riodagi Olimpiya o‘yinlarida bronza medaliga ega chiqqan.
Bahrom Bobonov
Redaktor