locale OZ

\"Mash'al\" klub uchun beminnat mehnat qilgan marhumlarni xotiraladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Mash'al" klub uchun beminnat mehnat qilgan marhumlarni xotiraladi
PHOTO: Telegram

“Mash’al” futbol klubining tarixi faqat g‘alabalar va muvaffaqiyatlardan iborat emas. Bu tarix – o‘z hayotini futbolga, klub ravnaqiga bag‘ishlagan, yurakdan xizmat qilgan insonlar bilan boyitilgan. Klub rahbariyati va muxlislar tomonidan ana shunday fidoiy insonlarning xotirasi yodga olindi.

“Mash’al” uchun beminnat mehnat qilgan marhumlar – Nuriddin Zayniev, Ivan Rodionovich Kelish, Abduraxmon Abdiev, Norqul Daminov, Abduraxman Yumangulov, Eshmurodov Qurbonmurod, Valeriy Petrovich Lyubushin, Boris Serostanov, Shavkat Mehmonov, Baxtiyor Davlatov, Ahmadxon Rustamov, Anvar Ilyasov, Ro‘ziboy Ishonov, Salim Eshmuhammedov, Madad Abdirashidov, Aleksandr SHadrin, Anvar Rustamov va To‘ra bobo Shaymardanovlarning xizmati abadiy qadrlanadi.

Ular nafaqat futbol maydonlarida, balki klubning ichki hayotida ham katta iz qoldirgan insonlar edilar. Ularning sabr-toqati, mehnati, sadoqati va yurakdan berilganligi bugungi avlodga ibrat bo‘lib xizmat qilmoqda.

"Mash’al" klubi bunday fidoiylarni hech qachon unutmaydi. Ular hayot bo‘lmasalar-da, xotiralarimizda, klub tarixida abadiy qoladilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting