locale OZ

\"Mash'al\" \"Jar\"da jarga quladi, \"Paxtakor\"dan yirik g'alaba

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Mash'al" "Jar"da jarga quladi, "Paxtakor"dan yirik g'alaba
PHOTO: Telegram

Poytaximizdagi "Jar" stadionida Superliga birinchi turining qoldirilgan o'yini bo'lib o'tdi. Unda uchrashuvga ikki xil kayfiyatda yetib kelgan ikki jamoa bir-biriga maydonda to'p surdi. Yakunda "Paxtakor" "Mash'al"ni yirik 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, "Jar"da jarga qulatdi.

Uchrashuvda jarohatidan yaqinda qutilib, endi- endi sport formasini tiklayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasining asosiy hujumchilaridan biri Igor Sergeevni dubl qayt etgani e'tiborga molik.

Superliga, 1-tur

"PAXTAKOR" - "Mash’al" 5:0

Gollar: Igor Sergeev (13, 45+4), Flamarion (45), Otabek Jo‘raqo‘ziyev (58), Rahmatullayev (75, avtogol).

Hakamlar: D.Rahmonov, R.Samandarov, A.Sultonov, A.Rahimqulov.

"Paxtakor": Jonatan, Alijonov, Abdullayev, Hamraliyev, Adhamzoda (Mahamadjonov, 64), Lukka, Sobirxo‘jayev (Ibrohimov, 46), Xolmatov, Hamdamov (O‘rinboyev, 64), Flamarion (Jo‘raqo‘ziyev, 46), Sergeev.

"Mash’al": To‘xtaboyev, Salifu (Rahmatullayev, 34), Ochilov, Abdualimov, Baratov, Abduraimov, G‘anixonov, Murtazoyev, Aliqulov, Mamatxo‘jayev, Jo‘rayev.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting