locale OZ

«Mash'al» jamoasi 1111-rasmiy uchrashuv arafasida

"Mash'al"ning tarixiy sahifalari 1992 yilda ochilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Mash'al» jamoasi 1111-rasmiy uchrashuv arafasida
Фото: Машал ПФК

Muborak futbolining ramziga aylangan jamoa 2025-yil 17-oktabr kuni "Xorazm"ga qarshi bahsda o‘zining 1111-rasmiy uchrashuvini o‘tkazadi.

Tarixga nazar

"Mash'al"ning tarixiy sahifalari 1992-yilda ochilgan.
O‘sha yili jamoa ilk bor mamlakatning ikkinchi ligasida ishtirok etgan.
• 1993-yili "Mash'al" Birinchi liga (hozirgi Pro liga)ga qadam qo‘ydi
• 1995-yil esa klub tarixida yangi bosqich bo‘ldi — ilk bor Oliy liga (Super liga)da ishtirok etish sharafiga muyassar bo‘ldi.
• 2006-yilda "Mash'al" mamlakat futboli uchun katta voqeani amalga oshirdi — Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasida qatnashgan ilk viloyat jamoalaridan biriga aylandi.

Bugungi kungacha "Mash'al" quyidagi ko‘rsatkichlarga ega:

• Ikkinchi ligada: 5 o‘yin
• Birinchi ligada (Pro liga): 412 o‘yin
• Oliy ligada (Super liga): 562 o‘yin
• Osiyo Chempionlar Ligasida: 6 o‘yin
• O‘zbekiston kubogi: 125 o‘yin
Jami — 1110 rasmiy uchrashuv.

Bu o‘yinlarda jamoa:
• 525 g‘alaba,
• 199 durang,
• 386 mag‘lubiyat qayd etgan.
Gollar statistikasi:
• Urilgan gollar — 1753
• O‘tkazilgan gollar — 1418
Jamg‘arilgan ochkolar (kubok bahslaridan tashqari): 1541 ochko

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting