«Mash’al» Ifeanyi Ifeanyi bilan yarim yillik shartnoma imzoladi
Muborakning “Mash’al” futbol klubi tarkibini tajribali futbolchi bilan kuchaytirishda davom etmoqda.
Nigeriyalik yarim himoyachi Ifeanyi Ifeanyi klubimiz bilan 2026 yil yakuniga qadar mo‘ljallangan yarim yillik shartnoma imzoladi.
30 yoshli futbolchi markaziy yarim himoya chizig‘ida harakat qiladi. Shuningdek, u hujumkor va tayanch yarim himoyachi pozitsiyalarida ham o‘ynay oladi. Ifeanyi Nigeriya milliy terma jamoasi safida ham to‘p surgan tajribali futbolchi hisoblanadi.
Futbolchilik faoliyati davomida “MFM”, “Akwa United”, Jazoirning “ES Sétif”, Iroqning “Newroz” va “Al-Najaf”, shuningdek, O‘zbekistonning “Qizilqum” klublarida faoliyat olib borgan.
Ifeanyi Ifeanyi “Mash’al” uchun begona emas. U 2020–2021 yilgi mavsumda jamoamiz sharafini munosib himoya qilgan.