Mash'al – Buxoro. O‘zaro o‘yinlarda kim ustun?
Superligada qolish uchun pley-off uchrashuvida Muborakning “Mash'al” jamoasi Buxoroning “Buxoro” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Qarshida bo‘lib o‘tadigan “Mash'al” - "Buxoro" uchrashuvini Ahrol Risqullayev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Alisher Usmonov va Adhamjon Rixsiboyevlar yordam berishadi. Zaxira hakami Alisher Rahimqulov. Hakemlarni Zokir Qodirov nazorat qiladi. Uchrashuv komissari – Qudrat Madraimov.
O‘zaro o‘yinlar
“Mash'al” va “Buxoro” shu kungacha Superligada 36 marta to‘qnash kelgan. Ularning 17 tasida “Mash'al”, 7 bor esa “Buxoro” g‘alabaga erishgan. 12 o‘yin durang bilan yakunlangan. Muborakliklar raqib darvozasini 54 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsalar, buxoroliklar esa 35 gol urishgan.
“Mash'al”ning o‘zaro o‘yinlarda qo‘lga kiritgan eng yirik g‘alabasi – 4:0. “Buxoro”da ham bu ko‘rsatkich 4:0 bo‘lib turibdi.