locale OZ

«Mash'al» – «Buxoro». O‘zaro o‘yinlar tarixidan

Jamoalar shu kungacha Superligada 36 marta to‘qnash kelgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Mash'al» – «Buxoro». O‘zaro o‘yinlar tarixidan
Фото: Машъал ПФК

Superliganing 10-turida Muborakning “Mash'al” jamoasi Buxoroning “Buxoro” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

G‘uzorda bo‘lib o‘tadigan “Mash'al” – “Buxoro” uchrashuvini Shavkat Nasibullaev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Amir Galeev va Daniil Yatsenko yordam beradi. Zaxira hakami — Muhammadali Baxtiyorov. Hakmlar nazoratchisi — Zokir Qodirov. Uchrashuv komissari — Shohruh Said.

O‘zaro o‘yinlar

“Mash'al” va “Buxoro” shu kungacha Superligada 36 marta to‘qnash kelgan. Ulardan 17 tasida “Mash'al”, 7 safar “Buxoro” g‘alaba qozongan. 12 o‘yin durang bilan yakunlangan.

Muborakliklar raqib darvozasini 54 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsa, buxoroliklar esa 35 gol urgan.

“Mash'al”ning o‘zaro o‘yinlarda qo‘lga kiritgan eng yirik g‘alabasi — 4:0. “Buxoro”da ham bu ko‘rsatkich 4:0 bo‘lib turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting